date
views 3 715

Bu hafta O‘zbekistonda havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi

Bu hafta O‘zbekistonda havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi
Bugun, 3 fevral kuni O‘zbekiston hududiga Kavkaz tumanlaridan nisbatan salqin va nam havo oqimi kirishni boshladi. Kechasi Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, ertalab Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ib o‘tdi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, kun davomida yog‘ingarchilik zonasi asta-sekin butun respublika hududiga tarqaladi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida quruq ob-havo saqlanib turadi. Respublikada ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi. Havo harorati o‘tgan dam olish kunlariga nisbatan 7-10 darajaga pasayib, 5-8 daraja iliqni tashkil qiladi, bu fevral oyining boshi uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4 darajaga pastdir.

4 fevral kechasi va ertalab Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kuchsiz yog‘ingarchilik bo‘ladi, respublikaning qolgan joylarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘lib, harorat yana ko‘tarila boshlaydi. Ertaga kunduzi havo 9-12 darajagacha iliydi.

Keyinchalik xorijiy janubdan juda iliq va quruq havoning chiqishi kuchayadi. Harorat foni yana ko‘tariladi va haftaning oxiriga borib 17-20 darajaga etadi. Bunday harorat me’yordan 8-10 darajaga yuqori bo‘lib, fevral boshi uchun xos emas.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bu hafta O‘zbekistonda havo harorati 20 darajagacha ko‘tariladi
-->