
Dam olish kunlari mamlakat hududida avvalgidek havo ochiq, harorat 17-20 daraja iliq bo‘ladi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 10-12 darajaga yuqoridir.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda, shiddat bilan esganda shamol tezligi sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin.
Yakshanba kuni O‘zbekiston hududiga O‘rta Yer dengizi ustida shakllangan siklon kirishni boshlaydi. Respublika bo‘ylab shamolli ob-havo saqlanib turadi, hamma joyda bulutlilik ortadi.
Shimoli-g‘arbiy tumanlar va cho‘lli hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi. Markaziy va janubiy tumanlar, shuningdek Toshkentda kechga yaqin kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.
Havo harorati biroz pasayadi, lekin shunga qaramasdan me’yordan yuqori bo‘ladi: kechasi 4-7 daraja iliq, kunduzi 14-17 daraja iliq, ayrim joylarda harorat 20 darajagacha ko‘tariladi. Faqat Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat keskin pasayib, 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar