Respublikada ob-havo bulutli, hududning katta qismida yomg‘ir yog‘adi, 10 fevralda respublikaning ayrim joylariga va 11-12 fevralda tog‘li tumanlarda ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 13 fevralda faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab yog‘ingarchilik bo‘ladi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 10 va 12 fevralda respublikada yana shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda. Bugun harorat 8-13 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
11-13 fevral kunlari havo haroratining bir oz pasayishi kutilmoqda, kechasi harorat 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
14 fevralda O‘zbekiston bo‘yicha bir oz tanaffus bilan ob-havoning yog‘ingarchiliksiz bo‘lishi kutilmoqda. 15 fevralda Kavkaz hududidan kiradigan antisiklon ta’siri natijasida mamlakatda yana yomg‘ir yog‘ishi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston bo‘yicha harorat foni ko‘rsatib o‘tilgan chegarada saqlanib turadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi