2 838
Shavkat Mirziyoyev: «Turk investorlarga xuddi Turkiyadagi kabi sharoitlar yaratib beriladi»
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiya respublikasiga tashrifi davom etmoqda.
Bugun, 20 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev poytaxt Anqaradagi JW MARRIOT mehmonxonasi konferensiyalar zalida turk ishbilarmon doiralari va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvi boshlandi.
Uchrashuvni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ochib berdi.
O‘zbekiston yetakchisi nutqini so‘nggi yillarda O‘zbekistonda qulay biznes muhitini yaratish bo‘yicha qilinayotgan o‘zgarishlar va xorijiy investorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqidagi fikrlari bilan boshladi.
«Bugungi O‘zbekistonda biznes muhiti mutlaqo o‘zgargan. Biz investorlar uchun o‘z eshiklarimizni ochdik. Men kafolat beramanki, O‘zbekistonda investorlarga xuddi Turkiyadagi kabi barcha sharoitlar yaratib beriladi.
Bizda avval investitsiya bo‘yicha qonunlar yo‘q edi. Biz o‘tgan yili investitsiya bo‘yicha qonun qabul qildik. Bu qonun bilan endilikda O‘zbekistonda investorlarning barcha huquqlari himoya qilinadi.
Investitsiya bo‘yicha vazirimiz janob Umurzoqov (Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov) va janob Gulyamov (prezidentning iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ravshan G‘ulomov - tahri) endilikda faqat sizlar bilan ishlaydi. Men topshiriq berganman, bizda vazirlikdagi 5 nafar xodim faqat investitsiya bo‘yicha ishlamoqda», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz nashri.
Shavkat Mirziyoyev turk tadbirkorlarini ham faollikka chorlar ekan, endi harakat qiladigan vaqt kelganini ta’kidladi.
«Sizlar bir narsani bilinglar, endi harakat qiladigan payt keldi. Biz Turkiya kompaniyalari bilan ishlash bo‘yicha institutsional tizimni yo‘lga qo‘yishimiz kerak», dedi u. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi