Foto: Prezident matbuot xizmati
«Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Aholini ro‘yxatga olish – bu O‘zbekiston Respublikasining aholisi to‘g‘risida ishonchli va xolis axborot yig‘ishdir.
Qonun bilan aholini ro‘yxatga olishning asosiy prinsiplari belgilandi, bular:
- davriylik;
-umumiylik va bir paytdalik;
- ro‘yxatga olishning yakka tartibdaligi;
- shaxsga doir ma’lumotlarning maxfiyligi;
- aholini ro‘yxatga olishni boshqarishning markazlashtirilganligi.
Aholini ro‘yxatga olish sohasini davlat tomonidan tartibga solish Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga ko‘maklashish bo‘yicha respublika komissiyasi, aholini ro‘yxatga olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (Davlat statistika qo‘mitasi), shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qonun bilan ushbu organlarning bu sohadagi vakolatlari belgilandi.
Shuningdek, aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar maxsus vakolatli davlat organiga aholini ro‘yxatga olish sohasidagi vazifalarni bajarish yuzasidan ko‘maklashadi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
O‘zboshimchalik bilan qurilgan noqonuniy qurilmalar uzoqqa bormaydi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi