2 883
«Bugun temir intizom talab etiladi» — Prezident karantin tartiblarini buzayotganlarni tanqid qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident hozirgi kunga qadar 330 kishi karantin hududini tashlab qochgani, 24ta ommaviy marosimlar o‘tkazilgani afsus bilan qayd etdi.
Bugun, 3 aprel kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida inqirozga qarshi kurashish sharoitida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar va davlat budjetiga tushumlar prognozining bajarilishi to‘g‘risida yig‘ilish o‘tkazildi.
Davlat rahbari kun tartibidagi asosiy masalaga o‘tishdan oldin, mavjud vaziyatdan kelib chiqib, uyda ta’lim-tarbiya olayotgan maktab o‘quvchilari, talaba-yoshlarga alohida murojaat qildi.
«Bugun siz, yoshlarning uyda ekaningiz ham qaysidir ma’noda yaxshi bir imkoniyat. Onlayn darslar tashkil qilindi, masofadan turib ta’lim olyapsiz. Vaqtingizni bekor o‘tkazmasligingizni iltimos qilgan bo‘lardim. Kitob o‘qing, til o‘rganing, sport bilan shug‘ullaning.
O‘n yillar davomida oilasiga, farzandlariga yetarlicha vaqt ajrata olmagan insonlar haqida eshityapman. Bunda ham bir hikmat bor. Imkoniyatdan foydalanib, farzandlaringiz tarbiyasi bilan qattiqroq shug‘ullaning, kelajagiga ko‘proq qiziqing.
Bugun koronavirusga qarshi kurashishda yaponlar tajribasi haqida iliq gaplar aytilyapti. Xususan, ularning salomlashish odobi, masofa saqlash, tez-tez kiyim almashtirish, oddiy gigena qoidalariga amal qilish, sport bilan shug‘ullanish kabi 13 qoidasi haqida eshityapmiz. Qizig‘i, bu tushunchalar bizga begona emasku. Qadriyatlarimizda bor. Qolaversa, dinimizda ham toza-ozodalikning xosiyati haqida ko‘p bor uqtirilgan», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Yig‘ilishda O‘zbekistonda koronavirus yuqtirib olganlarning 50-60 foizi shu vaqtga qadar boshqa xastaliklar bilan ham og‘rigani qayd etib o‘tilgan. Bemorlarni boshqa kasalliklardan ham forig‘ etish uchun zarur choralar ko‘rilishi, mutaxassis shifokorlar jalb qilinishi aytilgan.
Prezident shu vaqtga qadar koronavirusdan tuzalganlarni yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga qiyoslab, har bir hayot uchun jiddiy kurash olib borilayotganini ta’kidlagan.
Shuningdek, hozirgi kunga qadar 330 kishi karantin hududini tashlab qochgani, 24ta ommaviy marosimlar o‘tkazilgani afsus bilan qayd etilgan.
«Bu sinovlardan kam talafot bilan o‘tib olishimiz uchun avvalo Allohdan madad so‘raymiz. Shuning barobarida, bizdan bugun temir intizom, mas’uliyat, sabr va yuksak tafakkur talab etiladi», degan davlat rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”