2 319
O‘zbekistonda «yashil» va «sariq» hududlardagi sudlarda barcha ishlarning belgilangan tartibda ko‘rilishiga ruxsat berildi
2020 yil 12 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining «Oliy sud Rayosatining ‘O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida’ 2020 yil 20 martdagi RS-13-20-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmatiga tayanib Daryo xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, Oliy sud Rayosatining 2020 yil 20 martdagi «O‘zbekiston Respublikasi sudlarida COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, mamlakat sudlarida fuqarolarning shaxsiy qabuli, sud jarayonlari va sayyor sud majlislari vaqtincha to‘xtatilgandi.
Qabul qilingan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq «qizil» va «sariq» toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda fuqarolarning shaxsiy qabuli to‘xtatib turiladi hamda fuqarolarga hujjatlarni sudlarga faqat elektron shaklda yoki pochta orqali yuborish tavsiya etiladi. «Yashil» toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda fuqarolar qabuliga ruxsat beriladi.
Shuningdek, «qizil» toifaga kiruvchi hududlardagi sudlar tomonidan faqat epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish, mayda bezorilik, ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik, ichki ishlar organlari xodimlarining o‘z xizmat burchlarini bajarishlariga qarshilik ko‘rsatish va boshqa ma’muriy huquqbuzarliklarga doir; qamoqqa olish ehtiyot chorasini qo‘llash;
qamoqda saqlash muddatini uzaytirish, o‘zgartirish yoki bekor qilish; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish; ma’muriy qamoqqa olish; shaxsni g‘ayriixtiyoriy tartibda psixiatriya statsionariga yotqizish (statsionarda yotish muddatini uzaytirish); shaxsni sil kasalligiga qarshi kurashish muassasasiga g‘ayriixtiyoriy tartibda yotqizish (muassasada yotish muddatini uzaytirish); fuqaroning muomala layoqatini cheklash yoki muomalaga layoqatsiz deb topish to‘g‘risida va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan toifadagi ishlar ko‘rilishi belgilangan. Sudlar sud buyrug‘i tartibidagi ishlarni (aliment undirish va boshqalar) ham ko‘rishi mumkin.
«Yashil» va «sariq» toifaga kiruvchi hududlardagi sudlarda barcha ishlarning belgilangan tartibda ko‘rilishiga ruxsat beriladi.
Barcha sudlarda (toifa hududidan qat’i nazar):
- sudya va mutaxassislar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan, tibbiy niqob va antiseptik vositalaridan foydalangan holda faoliyat yuritishini ta’minlash;
- barcha turdagi ommaviy tadbirlar (ma’rifat soatlari, seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari, o‘quv mashg‘ulotlari va boshqa ommaviy tadbirlar)ni o‘tkazmaslik (sudlar faoliyati bilan bog‘liq videokonferensaloqa rejimida o‘tkaziladigan yig‘ilishlar bundan mustasno);
- sud binolariga kirish-chiqish joylarini pirometr va antiseptik vositalar bilan ta’minlash, sud muhokamasiga kelgan har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, niqobsiz va tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan holatda sud binosiga kiritmaslik kabi majburiy talablarga qat’iy rioya etish belgilangan.
Bundan tashqari, ko‘rib chiqilish uchun tayinlangan ishlar qoldirilganligi sababli ularni ko‘rilishga qayta tayinlangan vaqti bo‘yicha sud majlisi ishtirokchilariga alohida xabar qilinadi, deyilgan Oliy sud axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»