
Sog‘liqni saqlash vazirligi yana 11 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 19 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2802 nafarni tashkil qilmoqda», deyiladi xabarda.
Qayd etilgan yangi kasallanish holatlarining 10tasi xorijdan kelgan fuqarolar (ulardan 7 nafari Rossiyadan kelgan va 3 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) bilan bog‘liq, shuningdek, oldindan karantinda bo‘lgan bir kishida virus aniqlangan.
Ayni paytda O‘zbekistonda 2314 kishi koronavirusdan butunlay sog‘ayib, shifoxonalarda 475 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 6 nafarining ahvoli og‘ir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar