2 900
Guliston shahar IIB xodimlari choyxonaga o‘t qo‘ygan shaxsni topa olmadi. Tergov ishi esa to‘xtatildi
Kun.uz tahririyatiga Sirdaryo viloyati Guliston shahrida istiqomat qiluvchi tadbirkor Bobur Yusupov murojaat qilgan edi.
U Guliston shahridagi «Madaniyat» mahallasi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi 101-uyda «Azizbek» choyxonasini ijaraga olib, ishlatib kelayotgani, 2020 yil 1 apreldan 2 aprelga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar choyxonaga o‘g‘irlikka tushib, ichidagi mol-mulklarni talon-toroj qilib, o‘g‘irlik izlarini yo‘qotish maqsadida kameralarni yo‘q qilib, choyxonaga o‘t qo‘yishganini ma’lum qilgan edi.
Yong‘in xavfsizligi xizmati tomonidan 150 kv.m joyda atayin yong‘in sodir etilgan, degan xulosa chiqarilgan. Bu yong‘in oqibatida tadbirkor 80 mln so‘m zarar ko‘rgan.
U 2 aprel kuni o‘zi yuritayotgan choyxona yoqib yuborilgani borasida Guliston shahar IIBga ariza bergan.
«Ammo IIB tomonidan hech qanday natija bo‘lmayapti. Prezident xalq qabulxonasiga ham telefon qildim, lekin biror natija yo‘q. Men moddiy va ma’naviy zarar ko‘rdim. Hozirgi kunda juda ham og‘ir vaziyatdaman. Iltimos, menga qonun doirasida yordam berishingizni surayman», deb yozgan edi tadbirkor tahririyatga yo‘llagan murojaatida.
Shundan so‘ng tahririyatga IIV huzuridagi Tergov departamenti mazkur masala yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, «holat yuzasidan Guliston shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 10.04.2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173-moddasi 1-qismi (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani»ni ma’lum qilgan edi.
B.Yusupovning tahririyatga qayta murojaat qilib bildirishicha, uning yurituvidagi choyxonaga o‘t qo‘ygan shaxs aniqlanmagani sababli Guliston shahar IIO FMB tomonidan jinoyat ishi yuzasidan surishtiruv harakatlari to‘xtatilgan. Bu haqda unga 16 may sanasi bilan Guliston shahar IIO FMB boshlig‘i Z.Qayumov imzolagan xat jo‘natilgan.
B.Yusupov ish bu tarzda to‘xtatilganidan norozi ekanligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»