Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, bugun Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 14 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganning 7 nafari erkak, 7 nafari ayollardir. Ularning 6 nafari chet eldan (4 nafari Tojikistondan, 1 nafari BAAdan, 1 nafari esa Rossiyadan) kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Qolgan 8 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, 6 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafardan Toshkent shahri, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 44 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 2019 yilda tug‘ilgan qizaloqdir.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar tuzalganlarning barchasi erkak (38 yosh, 40 yosh va 47 yosh). Ulardan 2 nafari Farg‘ona viloyatidan bo‘lib, Qozog‘istondan kelgan va karantinga olingan. Koronavirus aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. 1 nafari esa Tojikiston fuqarosi bo‘lib, uzoq masofaga qatnovchi yuk avtomashina haydovchisi hisoblanadi. Hozirda ularning barchasi kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Toshkent shahrida shu paytga qadar 796 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 813 nafarga yetdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»