2 079
Prezident: "Koronavirusga shubha bo‘lgan barcha bemorlar davolanishga test qog‘ozisiz qabul qilinadi"
Shavkat Mirziyoyev raisligida O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Xususan, Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiya bilan bog‘liq holat hamda uni barqarorlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar davlat rahbari raisligidagi videoselektor yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.
Tadbir ishtirokchilariga murojaat qilar ekan, prezident pandemiya bilan bog‘liq vaziyat murakkabligicha qolayotganini aytdi. Jumladan, oxirgi to‘rt kunda mamlakat bo‘yicha yangi aniqlangan 2136 nafar bemorning 1218tasi (ya’ni, 57 foizi) poytaxt shahar va Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi.
Koronavirusga shubha bo‘lgan barcha bemorlar infeksiya mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, zotiljam va nafas yetishmovchiligining klinik belgilari mavjudligiga asoslangan holda davolash muassasalariga qabul qilinishi belgilandi.
Toshkent shahrida mavjud 16ta klinikaga qo‘shimcha Covid-19’ga shubhali bemorlar uchun mo‘ljallangan yana 7ta 850 o‘rinli «provizor» klinikalar tashkil qilindi. Ushbu klinikalarning tibbiyot xodimlariga har bir ish kuni uchun oylik maoshining 6 foizi miqdorida ustama haq to‘lash masalasi hal qilindi.
Bugundan boshlab koronavirusga chalingan bemorlar bilan ishlayotgan har bir maxsus shifoxonada alohida tijorat bankining kassalari tashkil qilinib, shifokorlarning 14 kunlik ish xaqini joyida olish tizimi joriy etilishi ta’kidlandi.
«Koronavirusli bemorlar uchun ajratilgan shifoxonalarga qo‘shimcha 285 dona o‘pka sun’iy ventilyatsiyasi apparati, 155 dona o‘pkani yordamchi nafas oldirish uskunasi, 140 dona kislorod konsentratori, 200ta funksional yotoqlar bilan ta’minlandi», deya qayd etildi yig‘ilishda.
«O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida ushbu virusga shubhali bo‘lgan bemorlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchi 500 o‘rinli Taqsimlovchi markaz tashkil qilinmoqda.
Xususiy klinikalarga ham bunday bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishga ruxsat berildi va hozirda ularning ro‘yxati tuzilmoqda.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining tuman bo‘limlariga koronavirusga PSR-analizi olishga va tahlil javobini Respublika agentligiga yubormasdan, bevosita bemorlarga topshirish tartibi o‘rnatildi va bu orqali tahlil javoblarini kutish davri qisqaradi.
Toshkent shahri tez tibbiy yordam stansiyasida operatorlarning mehnat sharoiti yaxshilandi va bir smenada faoliyat olib borayotgan operatorlar soni 40tadan 100 nafarga yetkazildi. Stansiyaga qo‘shimcha elektr tarmog‘i ulandi, brigadalar soni 250tagacha ko‘paytirildi.
Bundan tashqari, Toshkent viloyati tez tibbiy yordam xizmati uchun jami 100ta «Damas» ambulans mashinasi ajratildi, shulardan 25tasi joylarga tarqatildi.
Poytaxt viloyatida koronavirus kasalligi gumonlangan shaxslarni davolash va nazoratini olib borish uchun 905 shifo o‘rin, diagnozi tasdiqlanganlar uchun 210 o‘rin statsionar shifoxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda va qo‘shimcha 350 zaxira o‘rin tayyorlab qo‘yildi.
«O‘ztelekom» korxonasi tomonidan uyali telefon apparatlari tarqatilmoqda.
Koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolash jarayoni uchun 49 xil turdagi dori vositalari zaxirasi uchun dastlabki 10 milliard so‘m pul ajratilishi rejalashtirildi.
Yig‘ilishda 103 telefon raqamiga ulanish vaqti 1,5 daqiqadan 15 soniyagacha qisqartirilgani, murojaatlarning asosiy qismi kelib tushadigan vaqt oralig‘ida (soat 18:00 dan 24:00 gacha) eng tajribali operatorlar xizmat ko‘rsatishi yo‘lga qo‘yilgani ta’kidlangan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”