20:08 / 14.08.2020
915

15 avgustdan metro faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi

15 avgustdan metro faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi
Respublika maxsus komissiyasi 15 avgustdan boshlab Toshkent metropolitenining ishga tushirilishiga ruxsat berdi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

«O‘zbekiston Respublikasiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq 2020 yil 15 avgustdan boshlab, Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Soat 6:00dan e’tiboran, Toshkent metropolitenining «O‘zbekiston», «Chilonzor» va «Yunusobod» liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi», deyiladi vazirlik xabarida.


Metro vagonlari doimiy ravishda qatnovga chiqishdan oldin va har bir qatnovni yakunlagandan so‘ng to‘liq dezinfeksiyadan o‘tkaziladi.

Sanitariya talablari doirasida yo‘lovchilarning metro stansiyalari va poyezd vagonlari ichida tibbiy niqobda bo‘lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo‘lovchilar metro stansiyalariga kiritilmaydi.

Toshkent metropolitenining «Yunusobod» liniyasida yangi qurib bitkazilgan bekatlarida, shuningdek, halqa metro liniyasining Do‘stlik – Qo‘yliq uchastkasida qatnovlar hozircha amalga oshirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent metropoliteni faoliyati mart oyida mamlakatda karantin e’lon qilingani munosabati bilan vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan edi.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)