2 103
Xorijdagi oliygohlardan o‘qishini ko‘chirayotganlar uchun onlayn test sinovlari bo‘ladi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish yuzasidan ariza topshirgan fuqarolar diqqatiga quyidagilarni ma’lum qildi:
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 3-son majlis bayoni qaroriga muvofiq:
- xorijiy oliy ta’lim muassasalari va respublikadagi nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolar respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oladigan o‘qitish tili, muayyan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish fanlari bo‘yicha maxsus (onlayn) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar) 2020 yil 5 sentabrdan boshlab grafik asosida adolatli va shaffof o‘tkazilishi tashkil etiladi. Bunda:
- maxsus (onlayn) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar) 2020/2021 o‘quv yili uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari fanlar majmuasi (kirish imtihoni dasturlari) hamda baholash mezonlariga muvofiq o‘tkaziladi;
- alohida iqtidor talab etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga talabalar o‘qishini ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash uchun ariza topshirgan fuqarolar tegishli oliy ta’lim muassasasiga murojaat qiladi;
- xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan talabalar o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash uchun maxsus (onlayn) test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar) adolatli va shaffof o‘tkazilishi hamda ularning natijalari bo‘yicha o‘tish balini belgilash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning birinchi rahbari zimmasiga yuklanadi.
Davlat komissiyasi bayoni qarori bilan:
- xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish istagini bildirgan fuqarolarning pasportlarida muayyan xorijiy oliy ta’lim muassasasi joylashgan davlatga o‘qish davriga mos muddatda kirish-chiqish belgilari (viza kabi...) bo‘lmagan taqdirda ularning o‘qishini ko‘chirishga ruxsat berilmasligi belgilab qo‘yildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi