Imtihon kuni o‘zgarsa, har bir abituriyentga SMS-xabarnoma yuboriladi.
Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov test sinovi kunida yog‘ingarchilik kuzatilsa, qanday yo‘l tutilishi haqida ma’lumot berdi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Agar yog‘ingarchilik kuzatilishi prognoz qilinsa, test sinovlari kunning boshqa qismiga, yog‘ingarchilik 2-smena vaqtiga to‘g‘ri kelsa, imtihon boshqa kunga ko‘chiriladi.
Agar abituriyentlar stadion yoki xiyobon hududiga kirib bo‘lgan paytda yomg‘ir yog‘sa, ular pana joylarga o‘tkaziladi; test sinovlari boshlangach joylariga o‘tirishadi.
Test sinovlari kuni o‘zgarsa, har bir abituriyentga SMS-xabarnoma yuboriladi», – dedi Barno Rajabov AOKAdagi brifingda.

DTM rasmiysiga ko‘ra, 2 sentabrga qadar 3 mingga yaqin abituriyent o‘z ruxsatnomasini yuklab olmagan.
«Ruxsatnomani shu paytga qadar yuklab olmagan abituriyentlarga yordam berish uchun OTMlar bilan hamkorlikda imtihonga kirish joylarida ruxsatnomalarni chop etib berish tizimi tashkil etildi.
Lekin abituriyentlar bunga ishonib, o‘z ruxsatnomasining chop etilmagan varianti bilan kelishlari kerak emas», – dedi Barno Rajabov.
Lekin abituriyentlar bunga ishonib, o‘z ruxsatnomasining chop etilmagan varianti bilan kelishlari kerak emas», – dedi Barno Rajabov.
Qo‘shimcha qilinishicha, abituriyent test hududiga o‘zi olib kelgan tibbiy niqob yoki virus blokatorni taqqan holda kira olmaydi. Ular orqali imtihon hududiga turli vositalar olib kirilishi ehtimoli borligi uchun bunga ruxsat berilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi