1 713
90 nafar abituriyent tana harorati yuqoriligi uchun imtihonga kiritilmagan. Ular 17 sentyabr kuni test topshirishi mumkin
Bugun, 14 sentyabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov OTMlarga kirish imtihonlari yakunlariga oid statistik ma’lumotlarni ma’lum qildi.
«Kirish imtihonlari 2 sentyabrdan boshlab, 13 sentyabrgacha davom etdi. Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 1 million 304 ming 194 nafar abituriyentdan 1 million 240 ming 614 nafari, ya’ni 95,1 foizi ishtirok etdi.
63 ming 580 nafar, ya’ni 4,9 foiz abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi.
Jami 1 187 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlaridan chetlatildi. Shundan 548 nafari hududga kirishda, 639 nafari esa test sinovi jarayonida imtihondan chetlatilgan», deya ma’lumot berdi Sardor Rajabov.
Uning qayd etishicha, 367 nafar abituriyent telefon olib kirishga uringani, 48 nafari shpargalka olib kirmoqchi bo‘lgani, 118 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirishga harakat qilgani, 10 nafari hujjat soxtalashtirgani uchun chetlatilgan.
Test jarayonida esa 491 nafar abituriyent telefondan foydalangani, 68 nafari shpargalkadan foydalangani, 27 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirgani aniqlangan.
Shuningdek, 90 nafar abituriyentning tana harorati yuqori bo‘lgani uchun test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 17 sentyabr kuni test tashkillashtirish rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”