date

Toshkentda yonidan 7000 rubl va 30 million so‘m topilgan ikki valyutafurush qo‘lga olindi

Toshkentda yonidan 7000 rubl va 30 million so‘m topilgan ikki valyutafurush qo‘lga olindi

2014 yil 24 iyun kuni valyutafurushlik bilan shug‘ullanishni ma’qul ko‘rgan bir ayol va bir erkak Toshkent shahar Yashnobod tumanida joylashgan «Aviasozlar» buyum bozori hududida mijoz kutib turgan edi, deb xabar bermoqda «Huquq» nashri.

SVOJJDLQK departamentining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda qo‘lga olingan bu ikki pulfurushning yonidan noma’lum shaxslarga o‘tkazish uchun olib kelingan 7000 dan ziyodroq Rossiya rubli hamda chet el valyutasini sotib olishga mo‘ljallangan 30 millionga yaqin so‘m topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.

Valyutafurushlarning qilmishini ko‘rib chiqqan Yashnobod tuman sudi ularning har biriga eng kam oylik ish haqining 80 barobari miqdorida jarima jazosini tayinladi.

Manba: www.daryo.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda yonidan 7000 rubl va 30 million so‘m topilgan ikki valyutafurush qo‘lga olindi