Bugun O‘zbekistonda kunduzgi ob-havo sharoitini Ural ustida joylashgan kuchli sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, respublika hududlarining ko‘p qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat Surxondaryo viloyatida, kechga tomon esa Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Harorat foni me’yoriy qiymatlardan 6-8 darajaga past bo‘ladi va 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.
Ertaga, 8 dekabrda mamlakat hududlarining ba’zi joylarida biroz qor yog‘adi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Chorshanba kuni faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli saqlanib turadi.
10-11 dekabrda ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.
Hafta davomida havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bu kunlarning iqlimiy me’yoridan 6-9 darajaga past. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”