
Qayd etilishicha, videoselektor yig‘ilishi yoshlar bandligini ta’minlash masalasiga bag‘ishlanadi.
«Videoselektor yig‘ilishi prezident boshchiligida bo‘lib o‘tadi. U yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlariga bag‘ishlanadi», deydi manba.
Ma’lumot uchun, joriy yil yanvar oyi oxirlarida prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.
Yig‘ilishda bugungi kunda 18-30 yoshlilar orasida rasmiy ishsizlik 17 foiz ekani qayd etilgan. Shu boradagi masalalarni tizimli hal etish maqsadida Respublika ishchi guruhi joylarda o‘g‘il-qizlarning takliflarini «mahallabay» o‘rganayotgani bildirilgan.
Yanvar oyidagi yig‘ilishda joriy yilda 500 ming nafar yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish zarurligi ta’kidlangandi. Tuman va shaharlarda an’anaviy yoki masofaviy o‘quv kurslarini ko‘paytirish, ishsiz yoshlarni ushbu tizim orqali kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitib, bandligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Bugun ana shu masalalar ham ko‘rib chiqilishi mo‘ljallanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar