«Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–5083-son, 21.04.2021 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, «Qizilqumgeologiya» AJ, «Samarqandgeologiya» AJ, «Surxongeologiya» AJ, «Hisorgeologiya» AJ, «Toshkentgeologiya» AJ, «Markaziy laboratoriya» DUK va «Geoburtexnika» DUKlarni birlashtirish yo‘li bilan ular negizida «O‘zbek geologiya qidiruv» AJ tashkil etildi.
Hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini jadal amalga oshirish orqali respublika mineral-xom ashyo bazasi rivojlantirilishini ta’minlash Aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Qaror bilan «Davlat geologiya qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritayotgan korxonalarni isloh qilish, sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va raqamlashtirishni keng joriy qilish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
«Yo‘l xaritasi»da, jumladan, quyidagilar nazarda tutilgan:
- joriy yilda 50 ta kon va istiqbolli maydonlarni mahalliy va jorijiy investorlarga ochiq va shaffof mexanizmlar asosida foydalanishga berish;
- «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi Qonunni yangi tahrirda ishlab chiqish;
- geologiya sohasida olib borilayotgan 57 ta ilmiy tadqiqot (tajriba-uslubiy, fundamental, amaliy va innovatsion) loyihalarini amalga oshirish.
2022 yildan boshlab yer qa’ridan foydalanuvchilar har yili 1 fevralga qadar geologiya qidiruv ishlari va foydali qazilma zaxiralarini ko‘paytirishning o‘tgan yilda erishilgan natijalari hamda joriy yilga rejalashtirilgan hajmi bo‘yicha tegishli ma’lumotlarni Davlat geologiya qo‘mitasiga taqdim etilishi talab etiladi.
Shuningdek, qarorga ko‘ra:
- geologik jihatdan kam o‘rganilgan yer qa’ri uchastkalarini xalqaro standartlar asosida bloklar (maydonlar)ga ajratish tizimi joriy etiladi;
- kam o‘rganilgan yer qa’ri uchastkalaridan geologik jihatdan o‘rganish uchun foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalar «birinchi kelgan birinchi oladi» prinsipi asosida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn tarzda beriladi;
- o‘rganilganlik darajasi va kon ochish salohiyati yuqori bo‘lgan maydonlardan foydalanish huquqini beradigan ruxsatnomalar «E-AUKSION» yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkaziladigan auksion natijalariga ko‘ra beriladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi