
O‘zbekistonda 3 may kuni 30-35 daraja, janubda 37-38 daraja bo‘lgan asosan kam bulutli va issiq ob-havo bo‘ladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
4 may, seshanba kuni osmonni bulutlar qoplaydi, ammo hududlarning katta qismida quruq ob-havo saqlanib turadi. Faqat Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi.
5 may, chorshanba kuni O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizining janubidan nam va deyarli salqin havo kirib kelishi boshlanadi. 5 mayda Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, 6 mayda respublika hududining katta qismida (Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlaridan tashqari) ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
4—6 may kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayadi.
7 may, juma kuni momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘ish ehtimoli faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida saqlanib turadi. Havo harorati deyarli o‘zgarmaydi va kechasi 12-17 darajani, kunduzi 25-30 darajani tashkil etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar