22:25 / 09.07.2021
2 193

10 iyul kuni Toshkentda havo harorati pasayib, havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda

10 iyul kuni Toshkentda havo harorati pasayib, havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda

«O‘zgidromet» 10 iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatilishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 34-36 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 35-40 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s.gacha kuchayadi, ba’zida 25-30 m/s.gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-21 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » 10 iyul kuni Toshkentda havo harorati pasayib, havo biroz bulutli bo‘lishi kutilmoqda