6 396
5 yil stajga ega xodimlarini sirtqi va kechki o‘qishga tavsiya etish huquqi berilgan tashkilotlar (jadval)
Davlat qabul komissiyasining qarori bilan joriy yilda ham iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat berildi. Bu haqda «Xushnudbek.uz» kanali xabar bermoqda.
Shuningdek, tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi (jami 71 ta tashkilot).
Ro‘yxatdagi tashkilotlar 100 nafargacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkin.
Tavsiyanomani shaxsan birinchi rahbar berishi kerak. Masalan, bog‘chada ishlayotgan xodimga tavsiyanomani MTM vaziri Agrepina Shin beradi. Moliya tizimida ishlayotgan xodim uchun shaxsan Moliya vaziri Timur Ishmetov tavsiya beradi va h.k.
Sirtqi ta’lim shakli uchun 5 yil, kechki ta’lim shakli uchun 4 yil o‘qiladi.
Suhbat asosida talaba bo‘lgan xodimlarning to‘lov-shartnoma mablag‘lari ishlab turgan tashkilot tomonidan to‘lab beriladi.
5 yil stajga ega bo‘lgan va tashkilotning birinchi rahbaridan tavsiyanoma olgan talabgorlar Davlat test markazining veb-sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tadi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 2021 yil 5 avgustdan 25 avgust kuni soat 24:00 ga qadar amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi