3 308
Sud majlisi zalida fotosuratga olish, video va audio yozib olish mumkinligi qonun bilan mustahkamlandi
«Sudlar to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda 28 iyul kuni Prezident tomonidan imzolandi va 29 iyuldan boshlab kuchga kirdi.
«Gazeta.uz»ning qayd etishicha, yangi tahrirdagi qonunda sudyalar maqomi, ularning mustaqilligi kafolatlari yanada mustahkamlandi va sudya lavozimiga nomzodlar va saylangan shaxslarga qo‘yilgan talablar xalqaro standartlarga muvofiq ishlab chiqildi. Hujjatda sudyalarning intizomiy javobgarligi qayta ko‘rib chiqildi, sudyalarning vakolatlarini bekor qilish asoslari va tartibi aniqlashtirildi, shuningdek, ularning ijtimoiy himoyasi ta’minlandi.
Xususan, tuman yoki shahar sudining sudyasi etib tayinlash yoki saylash uchun yuridik kasb bo‘yicha eng kam ish staji endilikda 5 yil o‘rniga 7 yil, viloyat sudyaligiga — 7 yil o‘rniga 10 yil, Oliy sud sudyaligiga — 10 yil o‘rniga 15 yilni tashkil etadi.
Sudyalarning intizomiy javobgarligi ilgari qonunning 73-moddasi bilan tartibga solingan bo‘lsa, endi ushbu normaga 4 ta moddadan iborat 11-bob bag‘ishlandi. Unga ko‘ra, sudya intizomiy javobgarlikka quyidagi holatlarda tortilishi mumkin:
- odil sudlovni amalga oshirishda qonuniylikni buzganlik uchun;
- sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun;
- sudyalik sha’ni va qadr-qimmatiga dog‘ tushiradigan hamda sudning obro‘sini tushiradigan nojo‘ya xatti-harakat sodir etganligi uchun;
- Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganlik uchun.
- ogohlantirish;
- hayfsan;
- o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima;
- malaka darajasini bir pog‘onaga pasaytirish;
- vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish.
Sudya unga doimiy yashash uchun belgilangan tartibda turar joy berilgunga qadar turar joy arendasi, ijarasi (ikkilamchi ijarasi) bilan bog‘liq xarajatlari kompensatsiya qilinishi huquqiga ega.
Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning o‘rtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash to‘g‘risidagi masala hal qilinayotgan davrda yoxud boshqa ish berilgunga qadar, lekin ko‘pi bilan uch oygacha saqlab qolinadi.
Sud majlisi zalida hozir bo‘lgan shaxslar, OAV vakillari sud majlisi zalida qonunda belgilangan tartibda fotosuratga olishi, video va audio yozuvni amalga oshirishi mumkinligi haqida norma ham kiritildi. Biroq tartibning o‘zi ushbu qonunda bayon qilinmagan.
Qonunga ko‘ra, barcha sudlarda ishlar ochiq ko‘riladi. Ishlarni yopiq sud majlisida ko‘rib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi