12:14 / 31.07.2021
3 614

O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri yangi antirekord — bir sutkada 924 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri yangi antirekord — bir sutkada 924 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 30 iyul kuni 924 kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi — bu mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon kunlik kasallanish bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichdir. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, mamlakatda pandemiya boshidan beri koronavirusga chalingani rasman tasdiqlangan shaxslar soni 129 327 nafarga yetgan.

Yangi kasallanish holatlarining
  • 95 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 35 nafari Andijon viloyatida,
  • 17 nafari Buxoro viloyatida,
  • 99 nafari Jizzax viloyatida,
  • 29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 20 nafari Navoiy viloyatida,
  • 35 nafari Namangan viloyatida,
  • 94 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 102 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 89 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 47 nafari Xorazm viloyatida,
  • 98 nafari Toshkent viloyatida,
  • 136 nafari Toshkent shahrida
koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 30 iyulda kun davomida Qoraqalpog‘istonda 50 nafar, Buxoroda 14 nafar, Jizzaxda 95 nafar, Qashqadaryoda 25 nafar, Navoiyda 39 nafar, Namanganda 32 nafar, Samarqandda 100 nafar, Sirdaryoda 37 nafar, Surxondaryoda 104 nafar, Farg‘onada 75 nafar, Xorazmda 42 nafar, Toshkent viloyatida 74 nafar, Toshkent shahrida 109 nafar bemor — mamlakat bo‘yicha jami 796 nafar bemor tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 123 164 nafarga (kasallikka chalingani rasman qayd etilganlarning 95 foizi) yetdi.

Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 874 nafarni tashkil qilmoqda.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 559 kishida pnevmoniya tasdiqlangan bo‘lib, jami bemorlar soni 10357 nafarga yetgan. 30 iyul kuni ularning 296 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 3571 nafarni tashkil qilmoqda. To‘rt nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 70 nafarga yetdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda pandemiya boshidan beri yangi antirekord — bir sutkada 924 kishida koronavirus aniqlandi
[/banner_pushhouse