2 361
Emlashdan o‘tishni rad etgan xodimni ishdan chetlatishga ruxsat beruvchi qonun imzolandi
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda), ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligiga oid qo‘shimcha kiritildi.
“Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 17 iyuldan ayrim toifadagi fuqarolarga majburiy emlash joriy qilingan edi. Ular - tibbiyot va ta’lim muassasalari, transport kompaniyalari, chakana savdo shoxobchalari xodimlari, davlat xizmatchilari hamda boshqalar.
Shu bilan birga, adliya vaziri Ruslanbek Davletov ish beruvchi xodimni emlashdan bosh tortgani uchun ishdan bo‘shatishi emas, balki chetlashtirishi mumkinligini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi