“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 27 oktabrda respublika shimoliy hududlariga Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida quruq ob-havo saqlanib turadi.
28 oktabrda yomg‘irli zona sharqqa siljiydi va respublikaning tog‘oldi hamda tog‘li hududlariga yaqinlashganda yog‘ingarchilik kuchayadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29 oktabrda markaziy va sharqiy hududlarda, shuningdek tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. 27-28 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Hafta davomida harorat kechalari 4-9 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa harorat asta-sekin pasayadi va hafta oxiriga borib kunduz kungi harorat 7-12 daraja iliqqacha pasayadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi