date
views 2 331

O‘zbekistonda havo -10 darajagacha sovib ketadi

O‘zbekistonda havo -10 darajagacha sovib ketadi
4-5 noyabrda O‘zbekiston hududiga Qozog‘iston orqali Ural hududlari ustida shakllangan sovuq havo massalari kirib keladi. Shu kunlari respublika bo‘yicha harorat 10-13° ga pasayadi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.

Kunduz kuni 4-5 noyabrda havo harorati 3-8° iliqni tashkil etadi. 5 noyabrda harorat kechasi 2-7° sovuqqacha, shimolda 5-10° sovuqqacha pasayadi.

4 noyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda havo -10 darajagacha sovib ketadi