«O‘zgidromet» 3 yanvar, dushanba kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5 daraja iliq, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq; Navoiy viloyati cho‘l hududlarining shimolida kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 11-16 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 18-23 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
«O‘zgidromet» yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulahatov o‘zining Telegram-kanalida yozishicha, kelayotgan 5 kunlikda O‘zbekistonning janub, voha va markaziy viloyatlariga janubdan bir nechta nam havo oqimlari kirib keladi.
2—6 yanvar kunlari O‘zbekistonga janub issiq o‘lkalardan nam havo oqimlari kirib kelish ortidan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq yog‘ingarchilik kuzatiladi. Yog‘inlar yomg‘ir ko‘rinishda yog‘adi. Tog‘larda qorga aylanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”