
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, yangi yilning birinchi sutkasida 2316 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu so‘nggi besh yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Ma’lumot uchun, 2018 yilning xuddi shu kuni 1961 nafar, 2019 yilda — 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar, 2021 yilda esa 1644 nafar chaqaloq tug‘ilgan edi.
2022 yilning 1 yanvar kuni tug‘ilgan chaqaloqlarning 1118 nafari qiz, 1198 nafari esa o‘g‘il bola bo‘lib, eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida (270 nafar) tug‘ildi.
Shuningdek: ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati (239 nafar), uchinchi o‘rinda Namangan viloyati (218 nafar), to‘rtinchi o‘rinda Surxondaryo viloyati (213 nafar chaqaloq) qayd etildi.
Qolaversa, shu kuni tug‘ilish ko‘rsatkichi bo‘yicha:
5-o‘rinni Qashqadaryo viloyati (210 nafar),
6-o‘rinni Andijon viloyati (197 nafar),
7-o‘rinni Toshkent shahri (177 nafar),
8-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi (156 nafar),
9-o‘rinni Toshkent viloyati (155 nafar),
10-o‘rinni Xorazm viloyati (115 nafar),
11-o‘rinni Buxoro viloyati (113 nafar),
12-o‘rinni Jizzax viloyati (102 nafar),
13-o‘rinni Navoiy viloyati (90 nafar),
14-o‘rinni Sirdaryo viloyati (61 nafar) band etdi.
Dunyoga kelgan bolalarning 12 tasini ikki homilali, 1 tasini to‘rt homilali egizaklar (jami 28 nafar chaqaloq) tashkil qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar