1 377
Qo‘shni davlatlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘laydigan turistik avtobuslar va temir yo‘l qatnovi joriy etiladi
Respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 2026 yilga qadar 9 mln nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.
Xorijiy turizm bozorlarida mamlakat turizm salohiyatini targ‘ib qilish mo‘ljallangan. Bunda quyidagi maqsadlar belgilanadi:
- 2022 yilda mamlakatni sayohat uchun xavfsiz mamlakat sifatida e’lon qilish;
- maqsadli bozorlarda marketing tadqiqotlarini olib borish va pandemiyadan so‘ng, davlatlar kesimida turizm marketing strategiyasini ishlab chiqish;
- xorijiy mamlakatlarda xalqaro turizm ko‘rgazma va yarmarkalarda milliy stend bilan ishtirok etish;
- mamlakatning diplomatik vakolatxonalari va vatandoshlar ko‘magida dunyo miqyosida “O‘zbekiston kunlari” promo aksiyasini muntazam tashkil qilish;
- tomoshabinlar qamrovi keng bo‘lgan ommabop bloger, vlogerlar hamda inflyuenserlar uchun mamlakat bo‘ylab info turlar tashkil qilish;
- xorijiy turistlar sonini 2022 yilda 2,7 mln nafarga yetkazish.
Bundan tashqari, xalqaro aviatashuvlar sonini oshirish ko‘zda tutilgan. Bunda, pandemiya sharoitidan kelib chiqib 40 ta xorijiy davlat aviatashuvchilari bilan muzokara olib boriladi.
Qo‘shni davlatlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘laydigan turistik avtobuslar va temir yo‘l qatnovi joriy etiladi. Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: 2022 yilda qo‘shni davlatlar bilan muzokaralar olib borish; muzokaralarning ijobiy natijasiga ko‘ra, mamlakat tomonidan bajariladigan choralar uchun tarmoq jadval ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.
Chegara o‘tish punktlarida sayyohlar uchun qisqa muddatda o‘tish tizimi ham joriy qilinadi. Bunda, 2022 yilda qisqa muddatda o‘tish tizimi joriy etiladigan chegara punktlari aniqlanadi va bosqichma-bosqich o‘tish punktlari joriy etiladi. Tizim joriy etiladigan punktlar jihozlanadi, sayyohlar uchun sharoit yaratiladi va tartiblarni nazarda tutuvchi tarmoq jadval ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Shuningdek, yangi turizm yo‘nalishlari va mahsulotlarini taqdim qilish nazarda tutilmoqda. Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi: mutlaqo yangi yo‘nalishlar, jumladan, turizm qishlog‘i, turizm va gastronomik ko‘chalar, ziyorat turizmi marshrutlari, plyaj, suvda va cho‘l hududlarida dam olish turizmi tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish; mamlakat hududlarida tematik turistik zonalar va klasterlarni yaratish; “To‘siqsiz turizm”ni rivojlantirish. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi