date
views 3 088

Oʻzbekistonda «Oqila ayollar» harakati tashkil qilinadi

Oʻzbekistonda «Oqila ayollar» harakati tashkil qilinadi
Foto: t.me/Press_Secretary_Uz
Prezident Shavkat Mirziyoev Oʻzbekistonda obroʻ-e'tiborli, katta hayotiy tajribaga ega “Oqila ayollar” harakatini tashkil qilishni taklif etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Bu harakat tom ma'noda “mahallaning vijdoni”ga aylanishi kerak. Chunki, ma'rifatli jamiyatni ma'rifatli onalarsiz qurib boʻlmaydi.

Biz Uchinchi Renessans poydevorini qurish, jamiyatda yangi ma'naviy makon yaratish haqida gapirar ekanmiz, bu ishlarni oila, onalar ma'naviyati bilan uzviy amalga oshirishimiz zarur.

Hech bir ona farzandining kelgusida baxtsiz boʻlishini istamaydi. Shu ma'noda, men muhtarama onalarimizga murojaat qilmoqchiman. Bugun biz Vatanning shon-shuhratini yuksaltiradigan tarixiy davrga qadam qoʻydik.

Shuning uchun, sizlar farzandingizning qalbiga ulugʻ maqsadlarni, ezgu gʻoyalarni singdiring, buyuk orzularni joylashga intiling. Onalarimiz yuksak fazilatli, mard, jasur farzandlarni tarbiyalab bersa, biz ularni zamonaviy maktab va oliygohlarda kamolga etkazamiz.

Maqsadimiz – har bir oila, xonadon va mahalla mana shu ulugʻ harakatning markaziga aylansin
", dedi prezident.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonda «Oqila ayollar» harakati tashkil qilinadi