1 291
«Oilaviy poliklinikalarda ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytiriladi» — Shavkat Mirziyoyev
Toshkentdagi «O‘zbekiston» xalqaro anjumanlar saroyida Shavkat Mirziyoyevning sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan «O‘zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun» mavzusidagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Muloqot davomida prezident har yili ikki mingdan ziyod malakali shifokorlar pensiyaga chiqishini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, kelib tushgan murojaatlarda ularning 60 foizi o‘z faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan.
«Birlamchi tizim qamrovini kengaytirish va yuklamani kamaytirish maqsadida, biz endilikda bunday tajribali shifokorlarning yakka tartibdagi oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishiga ruxsat beramiz. Buning uchun alohida klinika ochish talab etilmaydi, balki bu toifadagi shifokorlar o‘z uyida yoki ijaraga olingan binoda tibbiy xizmatlar ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Yakka tartibdagi oilaviy shifokorlarga, aholiga bepul ko‘rsatilayotgan xizmatlari uchun to‘lov bosqichma-bosqich Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi orqali beriladi.
Ushbu tajribani dastlab Sirdaryo viloyatida boshlaymiz. Keyinchalik zarur tayyorgarlikni ko‘rib, bosqichma-bosqich barcha hududlarda joriy etiladi», — deydi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, davlat rahbari oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda statsionar tibbiy xizmatlar kunduzi soat 13:00 ga qadar ishlashini ma’lum qilgan.
«Shu sababli, aksariyat aholi shifokor nazorati talab qilinmaydigan kechki davo olish uchun ham shifoxonaga yotishga majbur. Bu borada, ya’ni birlamchi tizimda kunduzgi statsionarlar ish vaqtini uzaytirishni so‘rab, 500 dan ortiq murojaat kelib tushgan. Shu bois, oilaviy shifokor punktlari, oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalarda kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00 gacha uzaytiriladi. Ularda ishlaydigan shifokor va hamshiralar ish haqiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi», — deya ta’kidlaydi prezident.
Bundan tashqari, prezident 2022 yil 1 maydan boshlab quyidagi o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qilgan:
- barcha ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda bolalar bo‘limi tashkil etiladi;
- 17 mingdan ziyod tibbiyot brigadalariga yana qo‘shimcha 8,5 mingta bolalar hamshirasi va doya (akusher) shtatlari beriladi. Ular onalarga bolalarning sog‘lom bo‘lib dunyoga kelishidan tortib, voyaga yetguniga qadar, to‘g‘ri parvarish qilishni o‘rgatadi;
- bolalar uchun profilaktik ko‘riklar dasturi qayta ko‘rib chiqilib, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni pediatr, stomatolog, endokrinolog, ortoped kabi eng zarur mutaxassislar tomonidan manzilli ko‘rikdan o‘tkazish tizimi joriy qilinadi.
«Ma’lumki, 2021 yildan bolalar uchun ovqatni boyitadigan qo‘shimchalar, vitamin A va gijjaga qarshi antigelmint preparatlarni bepul berish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu ishlarni davom ettirgan holda, 2022 yil 1 iyuldan boshlab, 3—15 yoshli bolalarga yod preparatlari davlat tomonidan bepul tarqatiladi. Bu orqali kelgusi besh yilda bolalarda buqoq, kamqonlik kasalliklarini 30 foizga kamaytirishga, ularning aqliy va jismoniy sog‘lom rivojlanishi uchun katta asos yaratiladi. Bu maqsadlar uchun, joriy yilda 60 milliard so‘m yo‘naltiramiz», — deydi Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”