Xabaringiz bor, 23 aprel kuni professional boksning o‘ta yengil vazn (50,8 kg) toifasida faoliyat yuritayotgan hamyurtimiz Olimjon Nazarov (28-5,15KO) Vetnamda navbatdagi jangini o‘tkazib, o‘ziga tegishli bo‘lgan WBO Oriental kamarini Filippin vakili Xerma Boloradan muvaffaqiyatli tarzda himoya qilgan edi. To‘liq 10 raund kechgan jangda yurtdoshimiz ochkolar hisobida ustun keldi.
Bokschimiz jamoasi bilan kuni kecha yurtimizda qaytib keldi. Biz ushbu "Kichik Tayson" nomi bilan mashhur yurtdoshimiz bilan bog‘lanib, uning o‘tkazgan jangi borasida va kelgusi rejalari bilan qiziqdik.
- Avvalo, g‘alaba bilan tabriklaymiz!
- Rahmat.
- Nazarimda faoliyatingizdagi eng qiyin janglardan birini o‘tkazdingiz?
- Albatta, har bir jang qiyin o‘tadi. Bu safar ham oson kechmadi. Raqibim juda tezkor va yosh edi. Qolaversa, ringga moslashish biroz qiyin kechdi. Shunday bo‘lsa-da, murabbiylarni ko‘rsatmalariga muvofiq reja bilan harakat qilgan holda, g‘alabaga erishdik.
- Ba’zan mana shunday to‘liq o‘tgan bahslar katta janglar oldidan foydali bo‘lishi mumkin?
- To‘g‘ri, lekin kerakli xulosalarni chiqargan holda, navbatdagi jangim reytingmi, himoyami yoki jahon chempionlik kamari uchun bo‘ladimi, muddatidan avval g‘alaba qozonishga harakat qilaman.
- Navbatdagi jangingiz WBO jahon chempionlik kamari uchun bo‘lishi mumkinmi?
- Mumkin. Promouterlarimiz bu borada ishlarni boshlab yuborishgan. Agar, chempion yaponiyalik Dzunto Nakatanini promouterlari bilan kelisha olishsa, keyingi jangim chempionlik uchun bo‘ladi.
- Biroq, siz WBO reytingida 5-o‘rindasiz, sizdan avval Seiugo Akui, Kristian Gonsales, Jekson Chauke, Rikardo Sandaval kabi bokschilar bor?
- Nima demoqchi bo‘lganingizni tushundim. Ushbu jangimdan so‘ng, yangilangan reytingda 1 yoki 2 - o‘ringa ko‘tarilishimni aytishdi. Umuman olganda kuchli 5 talikdan o‘rin olgan bokschilarda bunday imkoniyatlar bo‘ladi.
- Hozirda 37 yoshni qarshi oldingiz, baribir yosh ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ayniqsa, yengil vazn toifalarida bu yaqqol bilinadi. Rejalari qanday?
- WBO jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritishga qadar jang qilaveramiz. Bu bosh maqsadimiz. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tishim kerakki, Nakatanini promouterlari bilan kelisha olsak, ushbu chempionlik jangimni Toshkentda o‘tkazishim mumkin.
- Bu borada sizga omad tilaymiz!
- Rahmat. Nasib qilsa, nufuzli chempionlik kamarini qo‘lga kiritib, barchani xursand qilaman, degan umiddaman. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Qatarga qarshi qilish kerak bo‘lgan ishni qilmadik!