
"Sochi" yarim himoyachisi Artur Yusupov "Roma" va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov haqida gapirdi.
- "Rostov" Shomurodov bilan bo‘lgan paytingizda ushbu yigitning "Roma"ga qadar yetib kelishini tasavvur qila olganmidingiz?
- Shomurodov men uchun jumboq. U 2017 yilning yozida O‘zbekistondan kelib, shartnoma imzolagandayoq jamoada edim. Avvaliga bu... Yumshoq qilib aytganda... Oddiygina Eldor. Oktabrda jiddiy jarohat oldim, yarim yil tiklandim. Qaytdim va umuman boshqa mukammal bo‘lgan Shomurodovni ko‘rdim.
- Qanday?
- Ko‘rdim va hayratda qoldim - axir, umuman boshqacha! Balki o‘zgartirishgandir? Yuguradi ham, pas ham beradi va gol uradi. Olti oy ichida oddiy o‘yinchidan sifatli forvardga aylandi. Vaqt o‘tishi bilan umuman top o‘yinchiga aylandi - Rossiya o‘lchamlari bo‘yicha, albatta. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar