Azizbek Abdugʻofurov Moskva shahrida sobiq jahon chempioni Fedor Chudinovga qarshi jangdan soʻng unga revansh berishga tayyor ekanini aytib oʻtdi.
30 yoshli Abdugʻofurov jang oʻzi kutganidan ham ogʻirroq kechganini tan oldi, ammo jangga uch oylik tayyorgarlik oʻz samarasini berganini ta'kidladi. U Chudinov ustidan 98:91, 97:93, 97:92 hisobida gʻalaba qozondi.
“Bu men oʻylaganimdan biroz qiyinroq boʻldi, chunki Fedor xarakter koʻrsatdi va men kutganimdan ham yaxshiroq jang olib bordi. Jang davomida ochkolar boʻyicha oldinda borayotganimni tushundim, murabbiylarni tingladim va gʻalaba qozonayotganimni his qildim. Istalgan vaqtda revanshni qabul qilaman. Agar Fedor taklif qilsa, biz istalgan vaqtda tayyormiz", - deya Abdugʻofurovning soʻzlaridan iqtibos keltiradi Match TV.
Oʻzbekistonlik bokschining ustozi esa ularga dam olish va ikkinchi jangga tayyorgarlik koʻrishlari uchun toʻrt oyga yaqin vaqt kerakligini qoʻshimcha qildi.
Professional ringdagi ikkinchi magʻlubiyatini qabul qilib olgan 33 yoshli Chudinov bu jangda kuchliroq ekanligiga ishonchi komil boʻlsa-da, revansh olishi kerakligi va hakamlar qaroriga qarshi chiqmasligini aytdi.
"Men har bir raundda bor kuchimni berishga harakat qildim, jang vaqtida yutyapmanmi, yutqazayapmanmi deb oʻylaganim yoʻq. Soʻngi ikki raund oldidan oʻz burchagimdagilar menga katta ehtimol bilan hisob teng ekanligini va oxirgi ikki raundlarda gʻalaba qozonish kerakligini aytishdi. Xoʻsh, men bu raundlarda oʻzimni koʻrsta oldim va raqib esa shunchaki harakat qilib turdi. Jang tugagach, menda gʻalabamga hech qanday shubha yoʻq edi. Murabbiylar ham gʻalaba qozonganimni aytishdi, lekin hakamlar bilan bahslashmayman. Ular shunday qilishdimi, demak shunday boʻlibdi."
“Ha, magʻlubiyat yoqimsiz, ammo bu tajriba. Kelajakda yaxshiroq tayyorlanaman. Magʻlubiyatlar sizni kuchliroq qiladi. Agar ruxsat berilsa, revansh jangini oʻtkazishni istardim. Bunday jangda koʻproq intriga boʻladi. Ehtimol, odam boks bilan emas, balki jang qilayotgani uchun ular ochko olishadi", - deya qoʻshimcha qildi bokschi.
Chudinov, shuningdek, faoliyatida burilish davri kelganini tan oldi.
"Hamma narsa oʻz nihoyasiga etadi: yo oʻzingiz tugatasiz, yoki sizni tugatishga majbur qilishadi", dedi bokschi ehtimoliy faoliyatini tugatish borasida. - Ushbu jangdan keyin, albatta, yoʻq, men hali ham harakat qilaman, lekin yana odatdagiday boʻlsa, raqiblarimni nokautga uchrata olmasam, ular menga boshqa jang berishmaydi. Shunday qilib, men doim ustunlikda jang qilishni oʻrganishim kerak yoki raqiblarni ikkita zarba bilan yiqitishim kerak."
Ushbu magʻlubiyat WBC tomonidan 12-oʻrinda qayd etilgan, ta'qiq sabab ismi reytingdan chiqarilganga qadar, WBA reytingida 2-oʻrinda borayotgan rossiyalik bokschi uchun katta muvaffaqiyatsizlikdir.
Chudinov hozirda 25-3-1 (17 KO) rekordga tushgan boʻlsa, Abdugʻofurovniki 14-1 (5 KO) koʻrinish oldi. Shuni ham ta'kidlash kerakki, Abdugʻofurov qariyb 4 yil oldin Fedorning akasi Dmitriy Chudinovni ham magʻlub etgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Abduqodir Husanov oʻziga jamoa tanladi! Vizaga hujjat topshirildi...
Husanov fantastik narxga ketadi, xaridor nomi oydinlashib qoldi!
Fabritsio Romanodan Abduqodir Husanovning transferi boʻyicha yangi post!
Dekabrda nechta kelishilgan oʻyin oʻynalgani ma'lum qilindi
Husanovga A Seriyadan qiziqish! Unga Shomurodov bilan bir ligada oʻynash imkoni bu...
"Paxtakor"ning Turkiyadagi yigʻinlariga klub raisi tashrif buyurdi
Ispaniya Superkubogi: "Barselona" "Atletik"ni magʻlubiyatga uchratib, finalga yoʻl oldi (video)
Abduqodir Husanovning otasi Hikmat Hoshimov haqida nimalarni bilasiz?