Xabaringiz bor, futbolimiz tibbiyoti samaradorligini yangi saviyaga olib chiqish, barcha terma jamoalar, futbol akademiyalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini zamon talabiga mos ravishda muvofiqlashtirish maqsadida O‘FA qoshida Tibbiy qo‘mita tashkil etildi.
Kecha mazkur qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘FA rahbariyati va turli yoshdagi terma jamoalar hamda akademiyalar shifokorlari ishtirok etdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlab barcha yoshdagi terma jamoalarimizda tibbiyot sohasidagi amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, shifokorlarni tibbiy uskunalar, dori-darmonlar, vitaminlar bilan ta’minlanishi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Milliy terma jamoa bilan bir qatorda, har bir yosh toifasidagi terma jamoalarimiz, ayollar va futzal terma jamoalarida shifokorlar va massajchilardan iborat doimiy tibbiy shtab biriktirildi.
Shuningdek, futbolimiz kelajagi bo‘lmish yosh futbolchilar unib-o‘sayotgan akademiyalarda malakali tibbiy xizmatni tashkil qilish, akademiya va futbol mahorat maktablaridagi tarbiyalanuvchilarning jismonan sog‘lom va baquvvat bo‘lishida to‘g‘ri ovqatlanish hamda zarur vitaminizatsiyani yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilindi. Shu o‘rinda tarbiyalanuvchilarning muntazam ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borishni tashkil etish muhim ekanligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, futbol tibbiyotini tizimli rivojlantirish, ushbu sohaga yangi kadrlarni jalb etish, mutaxassislarning malakasini oshirish va ular faoliyatini mukammallashtirish borasida qilinishi kerak bo‘lgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilish so‘ngida mutaxassislar fikrlari tinglanib, kelgusi rejalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar ayrim masalalar yuzasidan o‘zlarining takliflarini bildirib o‘tdilar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi