“Andijon” klubi har tomonlama rivojlanish rejasi asosida o‘z yo‘nalishini tanlab olgan. Faqat barchasiga birdaniga emas, bosqichma-bosqich erishib boriladi.
Klubning rivojlanish strategiyasida “Andijon” imidjini oshirish ham muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu maqsadda klub matbuot xizmati tomonidan “Yulduzlar biz haqimizda” rukni ham bejizga joriy etilmagan.
Jamoaning “Turon” maydonida qo‘lga kiritgan g‘alabasi ayrim chet ellik mutaxassislarning ham e’tiborini tortdi. Jumladan, ispaniyalik 37 yoshli mutaxassis Xerard Nus Gasanova “Andijon”ni kuzatmoqda. U murabbiylik faoliyati mobaynida “Liverpul” akademiyasi (Angliya), “Brayton” akademiyasi (Angliya), “Chonnam Dragons” (Janubiy Koreya), “Melburn” (Avstraliya), “Elche” (Ispaniya), “Rayo Valekano” (Ispaniya), “Irtish” (Qozog‘iston), “Krasnodar” (Rossiya) singari klublarda ishlagan. Bugungi kunda Gretsiya milliy terma jamoasi murabbiylar shtabida faoliyat ko‘rsatyapti. Terma jamoaga taniqli mutaxassis Gustavo Poyet bosh murabbiylik qilyapti va Xerard Nus Gasanova uning birinchi yordamchisi hisoblanadi.
Aynan mazkur mutaxassis “Andijon” haqida o‘zining bilganlarini aytdi.
- “Andijon”ni qo‘lga kiritgan muhim g‘alabasi bilan tabriklayman. Sizlarga klubning tanlagan loyihasida omad tilayman. Ishonamanki, yaxshi ish tajribasiga va ajoyib rejaga ega mutaxassislar bu klubni yanada omadli hamda muvaffaqiyatga erishadigan jamoaga aylantira oladilar.
“Andijon”ning o‘yinlarini yaqindan kuzatib boryapman. Bu klubga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Kelgusi uchrashuvlarda ham ijobiy natija qayd etishlarini istayman.
Superligaga qaytish uchun jamoadagilar qattiq ishlashayotganini bilaman. Bu tabiiy holat. Chunki ular o‘zbek futbolining eng yuqori pog‘onalarida bo‘lishni xohlashadi.
“Andijon”da ko‘p jamoalarda bo‘lmagan narsa – ya’ni, juda ajoyib muxlislari bor. Bunday ishqibozlar bilan birgalikda ko‘p narsalarga erishsa bo‘ladi.
Hozirgi vaziyatdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Kubogi musobaqasida ham kurashishni davom ettirayotganining o‘zi yaxshi holat. Kelgusida ham jamoa o‘yinlarini kuzatishda davom etaman. Yana qaytaraman: “Andijon”ga eng yaxshi tilaklarimni bildiraman, - deydi ispaniyalik murabbiy.
“Andijon” matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas