972
Anxel Lopes: "O‘zbekistonda toza va halol futbol bo‘lishini istayman. Hakamlarni muhokama qilmayman"
Superliganing 7-turidan o‘rin olgan "Surxon" - "Qo‘qon-1912" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Anxel Lopes fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Birinchi bo‘limda o‘yinni yaxshi nazorat qildik. Bir qancha keskin vaziyatlar yaratdik. Oldinga qarab intildik. O‘yinda ko‘p to‘xtalishlar bo‘ldi. Biz yanada tezroq o‘ynashimiz mumkin edi. Mazkur g‘alaba oldindagi rejalarimiz uchun yaxshigina ruhiyat beradi", - deydi Lopes.
- Javohir Sohibovning yana zaxiraga olinishi nima bilan bog‘liq?
- Ochig‘i unda jarohat bor edi. Bu haqida gapirishni o‘zi qo‘rqinchli.
- Bugungi o‘yindagi hakamlik borasida fikrlaringiz qanday?
- Hakamlarni muhokama qilish men uchun qiyin. Ularga baho bermayman. Mening maqsadim jamoamni shug‘ullantirish, g‘alaba qozonish. O‘zbekistonda toza va halol futbol bo‘lishini istayman. Qolgan ishlarni muhokama qilish mening vakolatimga kirmaydi.
- "Lokomotiv" bilan o‘yinga qaraganda taktika qanchalik o‘zgardi?
- O‘yindan keyin nimadirni o‘zgartirish kerak edi. Shunday bo‘ldi. Qolaversa raqibni ham yaxshi o‘rgandik. Qolgan o‘yinlarda ham bugungidek natija ko‘rsatishga harakat qilamiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi