date
views 930

OFK prezidenti yurtimizga tashrif buyurdi

OFK prezidenti yurtimizga tashrif buyurdi
Bugun, 11 may kuni O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar, xususan, joriy yil Toshkent va Qarshi shaharlarida o‘tkaziladigan 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik jarayoni bilan yaqindan tanishish, shuningdek, mamlakatimizda futbolni yanada rivojlantirishga oid masalalarni muhokama qilish maqsadida Osiyo futbol konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Halifa boshchiligidagi OFK delegatsiyasi mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

OFK Prezidentiga tashkilot Bosh kotibi Datuk Seri Vindsor Jon, Bosh kotib o‘rinbosari Voxid Kardani, shuningdek, bir nechta mas’ul vakillar hamrohlik qilmoqda.

Toshkent xalqaro ayeroportida OFK delegatsiyasini Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov va MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov kutib oldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OFK prezidenti yurtimizga tashrif buyurdi
-->