
Qozog‘istonning Almati shahrida Sovet Ittifoqi qahramoni Salgat Nurmagambetov xotira turniri bo‘lib o‘tmoqda. Bugun musobaqaning yarim final janglari bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan 5 nafar bokschilarimizdan 4 tasi finalga yo‘l oldi. 86 kg vazn final bahsida ikki hamyurtimiz o‘zaro jang o‘tkazadi.
Yarim final natijalari:
60 kg: Adhamjon Muhiddinov (O‘zbekiston 1) - Edilet Qurmetov (Qozog‘iston) g‘alaba
60 kg: Xakimov Faryozbek (O‘zbekiston 1) - Mig‘metolla Moldashev (Qozog‘iston) mag‘lubiyat
80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev (O‘zbekiston 1) - Muhammad Ebdixaliq (Qozog‘iston) g‘alaba (raqib ringga ko‘tarilmadi)
86 kg: Shohjahon Abdullayev (O‘zbekiston 2) - Bekzad Tanatar (Qozog‘iston) g‘alaba
86 kg: Jo‘rabek Toshtemirov (O‘zbekiston 1) - Ilya Kisilev (Qozog‘iston) g‘alaba
15 may kuni bo‘lib o‘tadigan final janglari:
60 kg: Adhamjon Muhiddinov - Nig‘metollla Moldashev (Qozog‘iston)
80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Sanjar Akmatov (Qirg‘iziston)
86 kg: Shohjahon Abdullayev (O‘zbekiston 2) - Jo‘rabek Toshtemirov (O‘zbekiston 1) “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar