
Bundan bir necha soat oldin Italiya futbol afsonalari yurtimizga yetib kelishdi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olingan mehmonlar jurnalistlar uchun kichik intervyu berdi. "Monako", "Roma", "Barselona" jamoalarida to‘p tepgan Lyudovig Jyuli o‘zining ilk fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘zbekistonda bo‘lib turganimdan xursandman. Ochig‘i hayajondaman. Shu bois ko‘p gapira olmayman. Hozir bu yerda nima bo‘layotganini hech kim bilmayapti. O‘ylaymanki, qiziq bo‘ladi. Bu yerda ko‘plab do‘stlarimiz bor. Ular bilan birga o‘ynaganmiz", - deydi Jyuli.
Abdulaziz Iskandarov yozib oldi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar