Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Slavche Voyneski qatnashdi.
"Shogirdlarimni tabriklayman, ular oxirigacha kurashishdi. Bor kuchlarini berishga intilishdi. Agar shunday qilib o‘zbek futbolini rivojlantirmoqchi bo‘lishsa hech qachon bunday bo‘lmaydi. Raqib jamoa ikkala taymda ham maydonga yotib olaverdi, vaqt cho‘zildi. Birinchi va oxirgi daqiqalarda darvozamizga penalti qo‘yildi. Hakamlarni muhokama qilish mening ishim emas, lekin... Penalti qo‘yish mumkindir, ammo bunday tarzda emas. Futbol sport turi deb oladigan bo‘lsak, bugun ko‘rgan narsa bu futbol emas. Bunday futbolni ko‘rishni hech qachon xohlamagan bo‘lardim.
Shunga qaramay jamoamiz harakat qildi, to‘p uzatishlar, hujum qilishga intildik. Umuman olganda o‘yin haqida fikrim shunday", - dedi Slavche Voyneski.
- "Paxtakor" Osiyo chempionlar ligasidan qaytganidan keyin g‘alaba qozona olmayapti. Buning asosiy sababi nima?
- Nima uchun yuta olmayotganimizning sababi? Bugungi o‘yinni ko‘rgan bo‘lsangiz javobni olasiz.
- Uchrashuv 16:45da boshlangani sizlarga qanchalik qiyinchilik tug‘dirdi?
- Bugun yaxshiyam havo biroz iliq bo‘ldi. Agar 35 va undan yuqori darajali issiqlik bo‘lganida nima bo‘lardi? Bu faqat "Paxtakor" uchun emas, maydondagi 22 futbolchiga nisbatan juda noto‘g‘ri qaror bo‘lgan bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar