13:30 / 19.05.2022
1 235

“Roma” charchagan, lekin...

“Roma” charchagan, lekin...
“Roma” yarim himoyachisi Brayan Kristante og‘ir o‘tgan mavsum oxiriga kelib, Konferensiyalar ligasi finali oldidan jamoa toliqib qolganini tan oldi.

- Final o‘z nomi bilan final. Biz uchun muvaffaqiyatli yakunlanishiga umid qilamiz, huddi Yevropa chempionati kabi. Oxirgi bosqichgacha yetib kelish doim maroqli bo‘ladi. Biz charchab qolganimiz rost, lekin kuchli ishtiyoq bor. Bu tabiiy. Charchoq maqsadga erishishimizga xalaqit bermaydi, - dedi Kristante.

“Roma” Yevrokuboklar finalida bundan 31 yil muqaddam o‘ynagan. Mourino shogirdlari yangi asrda ilk xalqaro sovrinni qo‘lga kiritishini istayapti.

Konferensiyalar ligasi finali 25 may kuni Albaniyaning Tirana shahrida bo‘ladi. “Roma” shu kuni Niderlandiyaning “Feyenoord” klubi bilan bellashadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Roma” charchagan, lekin...