
"Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu klubdan hali berish ketish niyatida emasligini aytdi.
"Odamlar men yangi jamoalar bilan sovrinlar yuta olishimga amin edilar. Ammo bu hamma kutgan jamoalar emasdi. Faoliyating davomida muntazam ravishda g‘alaba qozonib kelsang, bunday munosabatni tushunsa bo‘ladi.
Yosh murabbiylarga katta e’tibor berishlari meni bezovta qilmaydi. Men va Anchelotti kabi murabbiylar qachon yakunlashlarini o‘zlari hal qilishadi. Odamlar meni ketishimni hali uzoq kutishlariga to‘g‘ri keladi", -deydi Joze Mourinyu.
Ma’lumot uchun, "Roma" 25 may kuni Konferensiyalar ligasi finalida "Feyenoord"ga qarshi maydonga tushadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar