07:00 / 23.05.2022
5 109

Musulmon futbolchi LGBT formasini kiyishdan bosh tortgani uchun jazolandi

Musulmon futbolchi LGBT formasini kiyishdan bosh tortgani uchun jazolandi
Xabar qilinishicha, PSJ jamoasida o‘ynaydigan musulmon yarim himoyachi Idris Guye o‘z raqami LGBTni qo‘llab-quvvatlovchi kamalak rangida aks etgan libosda o‘ynashni istamagani uchun shanba kuni “Monpele”ga qarshi o‘yinga tushirilmagan. Guye o‘yinni tribunadan kuzatishga majbur bo‘ldi.

Jamoadagi manba dushanba kuni musulmon futbolchi o‘z jamoadoshlariga kamalak raqamlari tushirilgan maxsus forma kiyishdan bosh tortganini tasdiqladi, deya xabar beradi New York Times.

17 may, seshanba kuni «Pari Sen-Jermen» jamoasi gomofobiya, bifobiya va transfobiyaga qarshi xalqaro kurash kuni arafasida maxsus futbolkalarda maydonga chiqdi.

Uning bu yilgi harakati sportdagi gomofobiyaga qarshi kurashuvchi Rouge Direct guruhining hujumlariga sabab bo‘ldi, u Fransiya ligasi, PSJ va Guyeni «nima bo‘layotganini tushuntirishga» chaqirdi va senegallik futbolchini qilmishlari uchun jazolashni taklif qildi.

Islom, nasroniylik va barcha ilohiy dinlarda bir jinsli munosabatlar va nikoh butunlay taqiqlangan. Islom dini mo‘minlar fahsh ishlarni qilmasliklari va ularni hech qanday tarzda tarqatmasliklari kerakligini o‘rgatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Musulmon futbolchi LGBT formasini kiyishdan bosh tortgani uchun jazolandi