00:28 / 24.05.2022
2 075

Mourino Shomurodovga qanchalar suyanadi?

Mourino Shomurodovga qanchalar suyanadi?
“Roma” Joze Mourino boshqaruvidagi dastlabki mavsumni har holda yomon o‘tkazmadi. Portugaliyalik murabbiy o‘z oldiga qo‘yilgan Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish va Italiya kubogini qo‘lga kiritish vazifasini uddalay olmagan bo‘lsa-da, jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarishlar bo‘layotganini hech kim inkor eta olmaydi.

Chempionat o‘yinlarini avvalgi yildan bir pog‘ona yuqorida – oltinchi o‘rinda yakunlagan “Roma” kelasi mavsumni Yevropa ligasida boshlaydi. Har holda UYEFA tasnifida Chempionlar ligasidan keyin ikkinchi o‘rinda qayd etiluvchi bu xalqaro turnir rimliklar bu gal bosh sovrini uchun o‘ynaydigan Konferensiyalar ligasidan nufuzliroq hisoblanadi.

Darhaqiqat, “Roma” mavsumda eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan Italiya klubi sifatida qayd etildi. Hamma mavsumniya kunlab, ta’tilga chiqib ketgan pallada Joze Mourino shogirdlari yilning eng muhim uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

“Roma” 25 may kuni Albaniyaning Tirana shahriga borib, Konferensiyalar ligasi finalida Niderlandiyaning “Feyenoord” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Statistika bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar rimliklar ishtirokini tugatmay turib, portugaliyalik ustoz boshchiligidagi murabbiylar shtabi mavsum davomida qaysi o‘yinlarga ko‘proq tayanganini hisob-kitob qilib chiqdi.

Xo‘sh, Joze Mourino murakkab mavsumda kimlarga qancha tayangan?

Joze Mourino shogirdlari mavsum davomida 54 ta o‘yinda ishtirok etdi. Shulardan A Seriyada 38 ta, Konferensiyalar ligasida 14 ta va Italiya kubogida 2 ta uchrashuv bo‘ldi. Portugaliyalik mutaxassis bu o‘yinlarda jami 31 nafar futbolchidan foydalandi.

Eng ko‘p maydonda bo‘lgan o‘yinchi sifatida darvozabon Ruf Patrisio qayd etilgan. 34 yoshli posbon 53 ta o‘yinda 4680 daqiqa harakat qilib, o‘z darvozasidan 60 ta to‘p o‘tkazib yubordi, jami 21 ta bahsda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Reytingni ikkinchi pog‘onasi jamoaning asosiy to‘purariga aylangan Temmi Abraxamga tegishli bo‘lib, angliyalik hujumchi maydonda 4079 daqiqa harakat qildi va o‘z hisobiga 27 ta gol va beshta assis yozdirib qo‘ydi.

Maydonda to‘rt ming daqiqadan ko‘p o‘ynagan so‘nggi futbolchi Rojer Ibanes bo‘ldi. Markaziy himoyachi 4079 daqiqa harakat qildi.

Jamoa yetakchilaridan Lorenso Pellegrini, Nikolo Dzanolo va Kris Smolling kutilganidan ancha kam o‘ynadi. 20 yoshli Nikola Zalevski “Roma”ning haqiqiy kashfiyoti sifatida e’tirof etildi.

Eldor Shomurodovning maydonda o‘tkazgan vaqti 1186 daqiqani tashkil qildi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha legionerimiz 16-qatordan o‘rin olgan. Bu vaqt mobaynida Eldor o‘zi qatnashgan barcha turnirlarda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Umumiy hisobda o‘zbek hujumchisi 39 ta bellashuvda beshta gol va oltita assist qayd etdi.

“Roma” futbolchilarining mavsum davomida necha daqiqa o‘ynaganini quyidagi reytingda bilib olish mumkin:
Rui Patrisio: 4680'
Temmi Abraxam: 4079'
Rojer Ibanes: 4076'
Rik Karsdorp: 3903'
Djanluka Manchini: 3852'
Brayan Kristante: 3648'
Genrix Mxitaryan: 3342'
Jordan Veretu: 3061'
Lorenso Pellegrini: 3047'
Nikolo Dzanolo: 2739'
Kris Smolling: 2722'
Matias Vinya: 2096'
Marash Kumbulla: 1801'
Stefan El-Shaaravi: 1523'
Serjiu Oliveyra: 1262'
Eldor Shomurodov: 1186'
Nikola Zalevski: 1055'
Karles Peres: 993'
Feliks Afena-Gyan: 774'
Enzli Meytlend-Naylz: 652'
Rikkardo Kalafori: 429'
Amadu Diavara: 306'
Borxa Mayoral: 249'
Ebrima Darbo: 229'
Gonsalo Vilyar: 204'
Leonardo Spinatssola: 128'
Edoardo Bove: 114'
Brayan Reynolds: 91'
Daniel Fuzato: 90'
Kristian Volpato: 35'
Filippo Missori: 11'

"Roma" 25 may kuni mavsumdagi so‘nggi uchrashuvini o‘tkazadi. Tabiiyki, Tiranada "Feyenoord"ga qarshi o‘tkaziladigan o‘yindan keyin bu ko‘rsatkichlar ham yangilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino Shomurodovga qanchalar suyanadi?