14:10 / 26.05.2022
1 396

Mourino Konferensiyalar Ligasidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi

Mourino Konferensiyalar Ligasidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi
"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourino Konferensiyalar ligasidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
- "Torino"ga qarshi o‘yindan so‘ng (3:0) kiyinish xonasida yigitlarga qilishimiz kerak bo‘lgan ishni bajarganimizni - Yevropa ligasiga yo‘l olganimizni aytdim. Bugun esa ishlagani emas, tarix yozish uchun o‘ynadik va biz buni uddaladik.

Konferensiyalar ligasini yutishimizni boshidan his qildik. O‘yinlar qiyinlashib bordi, g‘oliblik uchun "Marsel", "Feyenoord" kabi jamoalar da’vogarlik qilishgandi.

"Roma"da qolaman va bunga shubha yo‘q. Rimda qolishni istayman. Klubda yaxshi va halol xo‘jayinlar bor va bu tarix yangi taklif olishi kerak. Loyihani davom ettirib, keyingi mavsum uchun rivojlanish rejasini aniqlab olishimiz zarur.

Barcha xalqaro sovrinlar muhim. Faqat men va Trapattoni Yevrokuboklarda 5 marta g‘alaba qozondik. O‘zimni qariya deb his qilyapman. Endi g‘alabadan zavqlanib, ta’tilni sohilimda o‘tkazmoqchiman
, - dedi Mourino.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino Konferensiyalar Ligasidagi g‘alabadan so‘ng fikr bildirdi