22:24 / 27.05.2022
1 078

Maykl Ouen YECHL finali haqida: «Liverpul» «Real» ustidan ishonchli g‘alabaga erishadi

Maykl Ouen YECHL finali haqida: «Liverpul» «Real» ustidan ishonchli g‘alabaga erishadi
«Liverpul» va «Real» sobiq hujumchisi Maykl Ouen Chempionlar Ligasi finali haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- "Menimcha, «Liverpul» «Real»dan kuchliroq va uni yengishga qodir. 3:1 yoki 3:0 mening taxminim. Yurgen Klopp jamoasi ishonchli g‘alabaga erishadi, deb o‘ylayman. Chunki ular hozirda «Real» uchun juda kuchli raqib.

Madridliklar finalga chiqish uchun ajoyib ishlar amalga oshirdi. Albatta, qiyin yo‘lni hisobga olsa, ular g‘alaba qozonishiga ishonmoqda. Lekin «Liverpul» juda yaxshi va tajribali. Jamoa zich o‘yindan qochishga harakat qiladi, chunki bunday o‘yinlarda qanday g‘alaba qozonishni hech kim «Real»dek yaxshi bilmaydi
", - dedi Mayl Ouen.

«Real»—«Liverpul» o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi finali 28 maydan 29 mayga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Maykl Ouen YECHL finali haqida: «Liverpul» «Real» ustidan ishonchli g‘alabaga erishadi