
Foto: «Paxtakor»
Kiyevning «Dinamo» klubi va O‘zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Maksim Shatskix «Paxtakor» klubida ish boshlaydi. Bu haqda «sherlar» matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shatskix 29 may kuni Toshkentga yetib kelgan. «Paxtakor»ning ma’lum qilishicha, Maksim klub boshqaruv tizimidagi lavozimlardan birini egallaydi.
«Paxtakor» tarbiyalanuvchisi hisoblangan Shatskix futbolchilik faoliyatini O‘zbekistondan tashqarida o‘tkazgan. U «Dinamo Kiyev» (1999—2009), «Arsenal Kiyev» (2010—2012, 2013) va boshqa qator klublarda to‘p surgan. 1999—2014 yillar mobaynida O‘zbekiston milliy terma jamoasida harakat qilgan.
2016 yilda butsilarini mixga ilgan Shatskix «Dinamo Kiyev»da murabbiy yordamchisi sifatida ish boshladi. 2019 yilda Rossiyaning «Rotor» klubi bosh murabbiyiga assistent bo‘ldi va 2021 yildan u yerdan ketganidan beri ishsiz yurgandi.
Maksim ShatskixPaxtakor KlubiO‘zbekiston Terma JamoasiToshkentga Yetib KeldiDinamo KiyevFutbolchilik Faoliyati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar