Foto: «Sport-Ekspress»
Italiya sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoniga qarashli «Monsa» klubi o‘z tarixida ilk marta A Seriyada qatnashadigan bo‘ldi.
Bu yerda ham yuqori divizionga 3-yo‘llanma taqdiri Angliyadagi kabi yuz berdi: 3-o‘rin («Piza) va 4-o‘rin («Monsa») egalari o‘rtasidagi kurashda so‘nggi jamoaning tolei kuldi.
Birinchi o‘yinda «Monsa» 2:1 hisobida g‘alaba qozongandi, ikkinchi o‘yinning asosiy vaqtida «Piza» 3:2 hisobida oldinga chiqdi va ikki o‘yin bo‘yicha natijalar tenglashgani uchun qo‘shimcha vaqt belgilandi. Ekstrataymlarda ikkita gol urishga kuch topgan «Monsa» futbolchilari 4:3 hisobidagi g‘alaba bilan o‘z nomlarini tarixga yozishdi.
1912 yilda asos solingan «Monsa» 110 yillik tarixida birinchi marta A Seriyada o‘ynaydigan bo‘ldi. 2018 yildan beri jamoa aksiyalarining nazorat paketi sobiq bosh vazir Silvio Berluskoni qo‘lida.
B Seriya g‘olibi «Lechche» va 2-o‘rinni egallagan «Kremoneze» yangi mavsumdan A Seriyada qatnashishi avvalroq ma’lum bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi